Капитан Грант болалари. Жюль Верн

Читать онлайн книгу.

Капитан Грант болалари - Жюль Верн


Скачать книгу
qo‘shilasiz, shundaymi? – deb so‘radi Elen.

      ‒ Sira ilojim yo‘q: men topshiriqni bajarishim kerak. Men sizlar birinchi to‘xtagan yeringizdayoq tushib qolaman.

      ‒ Demak, Madeyra orolida tushib qolasiz, – dedi Jon Mangls.

      ‒ Madeyra orolida bo‘lsa bo‘la qolsin, mayli. Men u yerda Lissabondan nihoyati bir yuz sakson milya masofada bo‘laman va biror kemaning kelishini kutib tura-turaman.

      ‒ Bo‘pti, janob Paganel, – dedi Glenarvan, – shunday qilamiz bo‘lmasa. Menga kelganda esa, shu bir necha kun ichida kemada mehmon bo‘lishingizga g‘oyat xursandman. Biz bilan juda ham zerikib qolmasangiz kerak, degan umiddamiz!

      ‒ Yo‘g‘-e, – dedi olim, – yanglishib, bu kemaga tushib qolganimga xursandman! Lekin, har holda, e’tirof etishim kerak. Hindistonga ketayotgan odamning Amerikaga yo‘l olishidan ham kulgili gap bo‘lmas.

      Yuz bergan bu voqea qanchalik xunuk bo‘lmasin, Paganel Hindistonga kechikibroq borish fikriga ko‘nishga majbur bo‘ldi, chunki boshqa iloji yo‘q edi. Uning yoqimtoy, quvnoq va, albatta, parishon odam ekanligi ma’lum bo‘ldi, u o‘zining doimiy quvnoqligi bilan xonimlarni maftun qildi. Birinchi kunning o‘zidayoq Paganel hamma bilan do‘stlashib ketdi. U kapitan Grant haqidagi hujjatlarni ko‘rsatishni iltimos qildi, barcha ikir-chikirlarigacha nazardan qochirmay, diqqat bilan uzoq o‘rgandi va buni boshqacha izohlash mumkin emas degan fikrga keldi. U Meri Grant bilan ukasining holiga butun yurakdan achindi, otalari bilan albatta uchrashajaklariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlashga harakat qildi. U «Dunkan» ketayotgan ekspeditsiyaning muvaffaqiyat bilan tugashiga shunday ishonar, bu ishlarga shunday xushchaqchaqlik bilan qarar ediki, uning gaplarini tinglar ekan, qiz o‘zini tabassum qilishdan tiya olmasdi. Turgan gapki, vazifa topshirilgan bo‘lmaganda u ham hech so‘zsiz kapitan Grantni axtarish ishiga kirishib ketgan bo‘lardi.

      Paganel, Elen mashhur sayyoh Vilyam Tuffnelning qizi ekanini eshitib, shunday ham iyib ketdiki, asti qo‘yavering! U Elenning otasini tanir edi. Qanday mard sayyoh edi u! Vilyam Tuffnel Parij geografik jamiyatining korrespondent a’zosi ekanida ular bir-birlariga qanchadan-qancha xat yozishgan edilar-u! Tuffnelni jamiyatga a’zo qilib olishni ham Paganel bilan Malt-Bryun janoblari taklif qilishgan edi!.. Mana bu uchrashuvni qarang-a! Vilyam Tuffnelning qizi bilan sayohat qilish qanday yaxshi!

      Oxiri u Elendan bitta o‘pishga ruxsat so‘radi. Garchi bu biroz «adabsizlik» bo‘lsa ham o‘pishga ijozat berildi.

      Sakkizinchi bob

      «DUNKAN»DAGI YAXSHI ODAMLARNING SONI YANA BITTA ORTDI

      «Dunkan» esa Shimoliy Afrika qirg‘oqlaridagi yo‘ldosh oqimlar yordami bilan ekvatorga tez yaqinlashib kelmoqda edi. 30-avgustda Madeyra oroli ko‘rindi. Glenarvan o‘z va’dasida turdi va Paganelga «Dunkan» uni qirg‘oqqa tashlab ketish uchun bu orolda to‘xtashi mumkinligini bildirdi.

      ‒ Azizim Glenarvan, – deb javob berdi Paganel, – keling, takallufni yig‘ishtirib qo‘yaylikda, ochig‘ini gaplashaylik: kemada men paydo bo‘lib qolishimdan oldin Madeyra orolida to‘xtamoqchi edinglarmi?

      ‒ Yo‘q, – dedi Glenarvan.

      ‒ Bo‘lmasa bu badbaxt parishonligimdan foydali bir ish chiqarishga ruxsat etsangiz. Madeyra oroli juda yaxshi o‘rganilgan, unda geografni qiziqtiradigan hech bir narsa yo‘q. Orol to‘g‘risidagi gaplarning hammasi aytilib va yozilib bo‘lgan; buning ustiga unda bir vaqtlar taraqqiy qilgan vinochilik hozir tanazzulga uchragan. O‘ylab qarang-a: Madeyra orolida uzum bog‘lari yo‘q endi! 1813-yilda orolda yigirma ikki ming pipa37 vino tayyorlangan bo‘lsa, 1845-yilda bu miqdor ikki ming olti yuz oltmish to‘qqiz pipaga tushdi. Hozir u yerda tayyorlanadigan vinoning miqdori besh yuz pipaga ham yetmaydi. Qanday achinarli hol! Qisqasi, agar sizga baribir bo‘lsa, meni bu yerda emas, Kanar orollarida tushirib ketsangiz…

      ‒ Bo‘lmasa Kanar orollarida to‘xtab o‘tamiz, – dedi Glenarvan, – shunday yo‘limiz ustida-ku.

      ‒ Bilaman buni, azizim Glenarvan. Uch guruhdan iborat bo‘lgan Kanar orollari meni ko‘pdan beri qiziqtirib kelayotgan Tenerif cho‘qqisini hisobga olmaganda ham, o‘rganishga arziydigan joy. Mana endi bunga juda qulay payt keldi. Fursatdan foydalanib, meni qayta Yevropaga eltib tashlaydigan kema kelguncha bu mashhur toqqa chiqib tushaman.

      ‒ Ixtiyoringiz, aziz Paganel, – dedi beixtiyor jilmayib Glenarvan.

      Kulishga arzigudek asoslari bor edi.

      Kanar orollari Madeyradan uzoq emas, hammasi bo‘lib ikki yuz ellik milya masofada, bu masofani bosib o‘tish esa «Dunkan»dek tezyurar kema uchun hech gap emas.

      31-avgust kunduz soat ikkida Jon Mangls bilan Paganel palubada sayr qilib yurar edilar. Fransuz olimi o‘z hamsuhbatiga Chili to‘g‘risida savollar yog‘dirmoqda edi.

      Birdan kapitan uning so‘zini kesdi:

      ‒ Janob Paganel! – dedi u ufqning janub tomonidagi allaqanday bir nuqtani ko‘rsatib.

      ‒ Nima gap, aziz kapitan? – deb so‘radi olim.

      ‒ Anavi tarafga bir qarang. Hech narsa ko‘rmayapsizmi?

      ‒ Hech narsa ko‘rayotganim yo‘q.

      ‒ Siz boshqa tomonga qarayapsiz. Ufqqa emas, balandroqqa, bulutlar orasiga qarang.

      ‒ Bulutlar orasiga? Qancha qarasam ham…

      ‒ Endi bushpritning38 reykasi yo‘nalgan tomonga qarang.

      ‒ Hech narsa ko‘rmayapman.

      ‒ Siz ko‘rishni istamayapsiz, xolos! Ishonavering, Tenerif cho‘qqisidan hali qirq milya masofada bo‘lsak ham, uning tik qoyasi ufqda yaqqol ko‘rinib turibdi.

      Paganel u tog‘ni ko‘rgisi kelsa-kelmasa, bir necha soatdan keyin o‘zining ko‘r emasligini isbot qilish uchun Jon Manglsning fikriga qo‘shilishga majbur bo‘ldi.

      ‒ Xayriyat, – dedi unga kapitan, – nihoyat uni ko‘rdingiz-a.

      ‒ Ha, ha juda yaxshi ko‘ryapman. Tenerif cho‘qqisi deganimiz hali shumi? – dedi geograf, uni mensimaganday.

      ‒ Xuddi o‘sha.

      ‒ Juda ham baland toqqa o‘xshamaydi-ku.

      ‒ Har holda, u dengiz sathidan o‘n bir ming fut baland.

      ‒ O‘shanda ham u Monblan bilan tenglasha olarmidi.

      ‒ Ehtimol, lekin siz bu toqqa chiqa boshlaganingizda uning juda baland ekaniga amin bo‘lasiz.

      ‒ Chiqish deysizmi? Tenerif cho‘qqisiga chiqamanmi? Gumboldt bilan Bonplandan39 keyin unga chiqishning nima keragi bor? Genial Gumboldt bu toqqa chiqib, uni shunday tasvirlab berganki, endi unga hech narsa qo‘shib bo‘lmaydi. U o‘sha paytdayoq bu tog‘ni besh mintaqaga bo‘lgan: tokzorlar mintaqasi, lavr daraxtlari mintaqasi, qarag‘aylar mintaqasi, alp archalari mintaqasi va, nihoyat, hech qanday o‘simlik o‘smaydigan mintaqa. Gumboldt Tenerif cho‘qqisining eng uchigacha chiqqan, unda hatto o‘tiradigan joy ham yo‘q ekan. Uning ko‘z oldida Ispaniyaning to‘rtdan biriga teng keladigan sahn ochilgan. Keyin u bu so‘nib qolgan vulqon kraterining eng tagigacha tushgan. Gumboldtday buyuk odamdan keyin bu tog‘da men nima ham qilardim?

      ‒ To‘g‘ri, undan keyin siz biror yangilik ocholmasangiz kerak, – deb uning so‘ziga qo‘shildi Jon Mangls. – Afsus, to biror kema kelguncha Tenerif portida juda zerikib qolasiz-da. Bu yerda kishini ovutadigan hech narsa ham yo‘q.

      ‒ Turgan gap, bu yerda umid faqat kishining o‘zidan, – deb kuldi Paganel. – Azizim Jon, Yashil Burun orollarida biror kattaroq port yo‘qmi?

      ‒ Bor, albatta. Masalan, Villa-Prayyada Yevropaga ketayotgan biror o‘tkinchi paroxodga osonlik bilan o‘tib olishingiz mumkin.

      ‒ Buning yana bir qulaylik jihati bor, – dedi Paganel. – Yashil Burun orollari Senegalga


Скачать книгу

<p>37</p>

Pipa – 50 gektolitrga teng (Muallif izohi).

<p>38</p>

Bushprit – kemaning tumshuq tomonidagi machta.

<p>39</p>

Aleksandr Gumboldt (1769 – 1859) – nemis tabiatshunosi, sayyoh, geograf. 1799 –1804-yillarda fransuz botanigi E.Bonplan bilan birga Markaziy va Janubiy Amerikani tadqiq qilib Yevropaga qaytgach, toʻplagan kolleksiyalarini 30 jildli asarida umumlashtirdi (1807 – 1834). 1829-yil Rossiya va Oʻrta Osiyoga kelgan (Muharrir).