Капитан Грант болалари. Жюль Верн

Читать онлайн книгу.

Капитан Грант болалари - Жюль Верн

Скачать книгу
kemalarining shturvali oldiga yozib qo‘yiladigan: «Passangers are requested not to speak to the man ad the wheel»19 degan so‘zlar go‘yo podsho saroyining eshiklariga ham yozib qo‘yilgandek, kishilarning ohi tojdorlarga kamdan-kam yetib boradi.

Elen erining fikrini tushundi. U qizning barcha urinishlari natijasiz tugashini bilardi. Elen shu bugundan boshlab bu ikki bolaning hayoti umidsizlik va g‘am bilan o‘tishi aniq ekaniga shubha qilmasdi.

Xuddi shu payt uning miyasiga g‘oyat yuksak va olijanob bir fikr keldi…

‒ Meri Grant! – dedi u. – Biroz shoshmang, ketmay turing. Menga quloq soling.

Ukasining qo‘lidan ushlab, ketmoqchi bo‘lib turgan qiz to‘xtadi.

Elen, ko‘zlari yoshlanib, hayajon bilan eriga murojaat qildi.

‒ Eduard! – dedi u qat’iy tusda. – Kapitan Grant mana bu hujjatlarni dengizga tashlar ekan, o‘z taqdirini shu hujjat borib tegadigan kishining qo‘liga topshirgan. Hujjat bizning qo‘limizga kelib tegdi…

‒ Bu bilan nima demoqchisiz, Elen? – deb so‘radi Glenarvan.

Atrofdagilarning hammasi jim turishar edi.

‒ Men, – deb javob etdi Elen, – o‘z hamjihat hayotimizni xayrli ish bilan boshlash – buyuk baxtdir, demoqchiman. Azizim Eduard, siz xursand qilish uchun meni sayohatga olib chiqishni maqsad qilib qo‘ygansiz. Lekin o‘z vatani tomonidan taqdirning hukmiga tashlab qo‘yilgan baxtsizlarni xalos etishdan ham buyukroq sevinch, shundan ham foydaliroq ishning bo‘lishi mumkinmi?

‒ Elen! – deb yubordi Glenarvan.

‒ Ha! Siz mening fikrimni tushudingiz, Eduard. «Dunkan» – pishiq, ishonchli kema. U janubiy dengizlarda bemalol suzib yura oladi, butun dunyoni aylanib chiqishga ham chidaydi. Agar lozim bo‘lsa, bunday sayohatga chiqadi ham! Yo‘lga chiqaylik, Eduard! Kapitan Grantni axtarib topaylk!

Yoshgina xotinining bu mardona so‘zlaridan hayajonga kelgan Glenarvan uni quchoqladi va tabassum bilan bag‘riga bosdi, Meri bilan Robert esa uning qo‘llarini o‘pa boshladilar. Bu manzaradan xursand bo‘lib, qattiq hayajonlangan Malkolm-Kestldagi xizmatkorlar ham ovozlarining boricha:

‒ Ura! Ura, Eduard va Elen Glenarvanlar sharafiga uch martalab ura! – deb qichqirishar edi.

Beshinchi bob

«DUNKAN»NING JO‘NAB KETISHI

Elen Glenarvanning olijanob va dovyurak ayol ekanini biz ilgari aytib o‘tgan edik. Kapitan Grantni axtarib topish to‘g‘risidagi taklifi bunga shubhasiz bir dalildir. Glenarvan uning fikrlariga darhol tushunadigan va hayot yo‘lini u bilan birga mardlarcha bosib o‘ta oladigan bu olijanob xotini bilan har qancha faxrlansa ham arzir edi. Londonda, uning fikrini rad qilganlaridayoq, o‘zining ham miyasiga kapitan Grantni izlagani safarga chiqish fikri kelgan edi, lekin xotini bilan uzoq vaqt ayrilishni istamagani uchungina buni oldinroq ayta olmadi. Endi, kapitan Grantni axtarish taklifini Elenning o‘zi o‘rtaga tashlagandan keyin hech qanday ikkilanishga o‘rin qolmadi. Malkolm-Kestldagi xizmatkorlar bu taklifni shodlik bilan tabriklashdi, – axir gap xuddi ular kabi shotlandiyaliklarni qutqarish to‘g‘risida borayotgan edi-da. Shuning uchun Glenarvan ularning Elen sharafiga aytayotgan «ura» xitoblariga butun yurakdan qo‘shildi.

Yo‘lga chiqish masalasi hal bo‘lgandan keyin bir soatni ham bekor o‘tkazmaslik kerak edi. O‘sha kuniyoq Glenarvan Jon Manglsga «Dunkan»ni Glazgoga keltirish va unda janubiy dengizlarda suzish uchun barcha tayyorgarliklarni ko‘rish to‘g‘risida buyruq berdi; bu ekspeditsiya butun dunyo sayohatiga ham aylanib ketishi mumkin edi. Shuni ham aytish kerakki, «Dunkan»da sayohatga chiqishni taklif qilar ekan, Elen kemaning layoqatiga baho berishda yanglishmagan edi. Bu juda pishiq va tezyurar kema uzoq dengiz sayohatlariga bemalol chidash bera olardi.

«Dunkan» ikki yuz o‘n tonna hajmdagi, bug‘ kuchi bilan yuradigan ajoyib kema edi, vaholanki, Amerika qirg‘oqlariga yetib borgan dastlabki kemalar – Kolumb, Vespuchchi va Magellanning kemalari bunga nisbatan ancha kichik hajmda edi20.

«Dunkan»ning ikkita machtasi: marsel21 va bram-stengali fok-machta22, kontr-bizan va flagshtokli grotmachtasi bor edi; bulardan tashqari kemada uchburchakli yelkan – fok-staksel, katta va kichik kliverlar, shuningdek shtangaga23 o‘rnashtirilgan yelkanlar ham bor edi. Xullas, «Dunkan» oddiy kliperdan24 sira qolishmasdan suza olish darajadagi yelkanga ega edi.

Lekin, albatta, kemaning mexanik kuchi – par mashinalariga hammasidan ko‘proq tayanish mumkin edi. Eng yangi sistema asosida ishlanib, peregrevatellar bilan jihozlangan, bir yuz oltmish ot quvvatiga ega bo‘lgan bu mashinalar ikki qavat vintni harakatga keltirar edi. Barcha yelkanlarini ochib yurganda «Dunkan» o‘sha vaqtga qadar sira ko‘rilmagan tezlikda suza olardi. Sirasini aytganda, Klayd qo‘ltig‘ida sinovdan o‘tayotgan paytda «Dunkan»dagi patent-lag25 kemaning tezligi soatiga o‘n yetti dengiz miliga26 yetganini ko‘rsatdi.

«Dunkan» hatto dunyo sayohatiga ham bemalol chiqa olardi, albatta.

Jon Mangls kemani ichki tomondan jihozlasa bo‘lgani edi. U eng oldin ko‘proq ko‘mir g‘amlab olish uchun ko‘mirxonalarni kengaytirdi, chunki yo‘lda kemaga ko‘mir topish oson emas edi. Kema kambuzi27 zaxiralarini to‘ldirishga ham u alohida e’tibor berdi. U ikki yilga yetadigan oziq-ovqat g‘amlab oldi. To‘g‘ri u pulga muhtojlik sezmasdi; uning qo‘lidagi puli hatto durustgina bir to‘p sotib olib, kemaning tumshuq tomoniga o‘rnatishga ham yetdi. Yo‘lda nimalar yuz berishini kim biladi deysiz!

Shuni ham aytish lozimki, Jon Mangls o‘z ishiga mohir dengizchi edi, hozirda u faqat yaxtaga qo‘mondonlik qilayotgan bo‘lsa ham, lekin Glazgoda eng yaxshi shkiperlardan28 hisoblanardi. U o‘ttizga kirgan edi. Uning biroz xunuk yuzidan mard va olijanob yigit ekani ko‘rinib turardi. Uni yosh bolaligida Malkolm-Kestlga keltirgan edilar. Glenarvanlar oilasi uni o‘qitib tarbiyaladi va ajoyib dengizchi qilib yetishtirdi. U bir necha marta uzoq dengiz sayohatlariga chiqqan, o‘shanda o‘zining butun dengizchilik san’atini, g‘ayrati va sovuqqonligini ko‘rsatgan edi. Glenarvan «Dunkan»ga qo‘mondonlik qilishni taklif qilganda, u bajonidil rozi bo‘ldi, chunki Malkolm- Kestlning xo‘jayinini o‘z akasidek yaxshi ko‘rar, unga o‘zining sodiq ekanini ko‘rsatishga doim tayyor edi.

Jon Manglsning yordamchisi Tom Ostin bahazur ishonish mumkin bo‘lgan eski dengizchi edi. Kapitan bilan uning yordamchisini ham qo‘shib hisoblaganda «Dunkan»ning komandasi yigirma besh kishidan iborat edi. Ularning hammasi Dumbarton grafligidan bo‘lib, tajribali va saralangan dengizchilar edi. Ular kemada ham mard shotlandlar klani29 tashkil qilgandek edilar. Ular orasida hatto traditsion piperbag30 ham bor edi. Shunday qilib, kema komandasi Glenarvanga sodiq, o‘z ishiga juda berilgan, tajribali, qurol tutishni bilgan eng qaltis ekspeditsiyalarda ham ish bera oladigan, mard dengizchilardan iborat edi. «Dunkan» komandasi kemaning qanday safarga chiqishidan darak topganda dengizchilar o‘z quvonchlarini hech qayerga sig‘dirolmay, qattiq aytilgan «ura» sadolari bilan Dumbarton qoyalarini larzaga keltirdilar.

«Dunkan»ga ko‘mir va oziq-ovqat ortish ishiga g‘ayrat bilan kirishgan Jon Mangls Eduard va Elen Glenarvanlarning kayutalarini uzoq safarga tayyorlashni ham unutmadi. Shuningdek, u kapitan Grantning bolalari uchun ham kayutalar hozirlab qo‘yishi lozim edi – axir, Elen Merining bu ekspeditsiyada ishtirok etish to‘g‘risidagi iltimosini rad qilolmas edida. Kichkina Robert esa qirg‘oqda qolgandan ko‘ra tryumga yashirinib olishni afzal ko‘rgan bo‘lardi. Shunday yigitchani tashlab ketib bo‘larmidi! Bunga urinishmadi ham. Shuningdek, Robertning yo‘lovchi qilib emas, balki kema komandasi sostaviga a’zo

Скачать книгу

19

«Passajirlardan rulevoy bilan gaplashmaslik so‘raladi».

20

Xristofor Kolumb Amerikaga to‘rtinchi marta sayohat qilganda to‘rt kemada borgan edi. Bu kemalardan eng kattasi – Kolumbning o‘zi tushgan karavella yetmish tonna hajmli, eng kichigi esa ellik tonna hajmdagi kema edi. Ular faqat qirg‘oq bo‘ylab suzishga yaraydigan kemalar edi, xolos (Muallif izohi).

21

Marsel – machtadagi pastdan ikkinchi yelkan.

22

Bram-stenga – stenga (machtaning yuqori qismi; u machtaning pastki asosiga ulangan bo‘ladi)ning davomi. Fok-machta – kemaning oldingi machtasi.

23

Shtanga – uzun metall sterjen.

24

Kliper – uch machtali, tez yurar yelkanli kema.

25

Patent-lag – strelka yordamida kemaning harakat tezligini ko‘rsatadigan siferblatli asbob.

26

Dengiz mili 1852 metrga baravar.

27

Kambuz – oshxona.

28

Shkiper – savdo kemasining kapitani; dengiz kemasida: xo‘jalik boshlig‘i.

29

Klan – oila, urug‘.

30

Piper-bag – polk surnaychilari (Muallif izohi).