Балиқчи ва балиқ ҳақида эртак (Александр Пушкин) 5-9-синф. Александр Пушкин
Читать онлайн книгу.tabassum qilib:
«Salom! So‘zla, ko‘zgujon,
Haqiqatni et bayon:
Men emasmi dunyoda
Hammadan ham ziyoda,
Oppoq, go‘zal va yaxshi,
Yuzim yuzlarning naqshi?»
Javob bermish oynajon:
«Go‘zalliging begumon;
Biroq yashaydi bir qiz,
Hech qanday hashamatsiz,
Emanlar makonida,
Bahodirlar yonida.
U sendan ham yaxshidir,
Go‘zallikning naqshidir».
Beka to‘kmish qahrini –
Qora qizga: – «Meni sen
Aldashga qanday jur’at
Etolding, – deb, – kasofat?»
Qora qiz qolib nochor,
Bariga bo‘lmish iqror.
Yovuz beka tutaqib,
Uni dahshatda yoqib,
Depti: «Yo o‘ldirgaysan,
Yoki, o‘zing o‘lgaysan!»
Yosh malika bir kuni
Kutib og‘alarini,
Yolg‘iz o‘tirar ekan.
Charxin yigirar ekan,
Yo‘lakda g‘azab bilan
It hurib qolmish birdan.
Qiz qayrilib qarasa,
Gado turipti. «Ena,
Sabr qil pichagina, –
Depti qiz darichadan, –
Hayday itni hozir man,
Keyin senga, enajon,
Olib chiqay xayr-ehson».
Qizga kampir der shu dam:
«Oh, jon bolam, qizginam!
Iting jonimni oldi,
O‘ldirishga oz qoldi.
Irg‘ishlariga bir boq!
Chiq yonimga, chiq tezroq».
Shoh qizi ham non olib,
Chiqmoq uchun qo‘zg‘alib.
Zinadan tushmasdanoq
It yetib kepti shu choq,
Hurib erkalanipti,
Oyoqqa surkanipti.
Yo‘l bermapti o‘tishga,
Kampir sari yetishga.
Kampir kelayin desa –
Qiz yoniga, it esa
Vahshiy hayvonlarsimon,
Tashlanarmish u tomon.
«Ajabo, bu nima sir?
Yaxshi uxlamagandir», –
Deb bekach so‘z qotipti,
«Ma, ol!» deb non otipti.
Tutib opti shum kampir:
«Senga behad tashakkur,
Tangri qo‘llasin doim;
Sen ham tutib ol, oyim!»
Bekachga to‘lib pishgan,
Oltinday xo‘b yetishgan
Olma uchib boripti,
It sakrab, ingranipti…
Ilib olipti oy qiz
Ikki qo‘llab uni tez.
«Gar siqilsang mabodo,
Yegin, meni qil duo» –
Deb kampir egilipti,
Va ko‘zdan yo‘qolipti…
Birga shoh qizi bilan
Zinadan chiqar ekan,
Qalbi g‘amga to‘lganday,
«Tashla!» demak bo‘lganday
It g‘amgin telmiripti,
Qizga qattiq huripti.
Qiz itni erkalapti,
Yumshoq qo‘l-la silapti:
«Ne bo‘ldi senga Lochin?
Yot endi!» o‘zi lokin –
Uyga kirib ketipti,
Eshikni berkitipti.
Xo‘jalarin chidamsiz
Kutmak uchun bekach qiz
Charxiga o‘tirsa ham,
Lekin o‘zi dam-badam
Olmaga termilarkan,
Faqat uni ko‘rarkan.
Olma to‘lib pishipti,
Juda ham yetishipti:
Xushbo‘y, bejirim, tarang,
Qip-qizil va tilla rang,
Bolga to‘lib turarkan!
Urug‘i ko‘rinarkan…
Ovqatgacha qalamqosh
Kutmoqchi bo‘pti, bardosh, –
Berolmapti sira ham,
Olmani olib shu dam,
Labiga tegizipti,
Tishlab, bo‘lak uzipti
Ham yepti uni asta…
O, jonim, u birpasda
Gangib, hushdan og‘ipti,
Qo‘llari bo‘shashipti.
Tushib qo‘ldan olma ham,
Ko‘zlari tinib shu dam
But ostiga og‘ib qiz,
Yotipti sokin, jonsiz…
Safardan eson-omon
Qaytishipti uy tomon
Bu mahal yetti shovvoz.
Chiqib ularga peshvoz –
It ildam yuguripti,
Notinch, qattiq huripti,
Hovlini ko‘rsatib u.
«Yaxshilikka emas bu!» –
Depti ular: «Falokat –
Yuz bergan bunda albat».
Ot qo‘yib keliptilar,
Ichkari kiriptilar.
Ko‘rib bo‘lmishlar hayron.
It chopib kelib shu on,
Olmaga otilipti,
Yebti-yu, tez o‘lipti.
Ma’lum bo‘lipti: og‘u –
To‘lgan olma ekan bu.
Bekach qiz qarshisida
G’am chekib ular juda
Bosh egib, tutib aza,
O‘qib unga janoza,
Kafanga oliptilar
Va ko‘mmoq bo‘liptilar.
Lek, qaytmishlar bundan tez,
Chunki go‘zal bekach-qiz
Yotardi xud uyquda,
Sokin, tirikday juda.
Faqat nafas olmasdi,
Go‘zaldi qaddi-basti.
Uch kun o‘tipti, hanuz
Uyqudan turmapti qiz.
Dilda hasrat, nadomat,
Ko‘rsatganicha odat
O‘qishib janozasin,
Bekach qizning murdasin
Billur