Suv ostida sakson ming kilometr. Жюль Верн

Читать онлайн книгу.

Suv ostida sakson ming kilometr - Жюль Верн


Скачать книгу
qoplangan! Kanadalikning so‘zlari mening fikrlarimni ostin-ustun qilib tashladi.

      Men apil-tapil o‘rnimdan turib, suvga yarim botib turgan – biz panoh topgan mavjudot yoki narsaning yelkasida qaddimni rostladim.

      Tepib ko‘rgach, uning yelkasi yirik sutemizuvchilarning tanasiday qayishqoq emas, balki o‘zidan suv o‘tkazmaydigan, ham qattiq ekanligiga ishonch hosil qildim.

      Almisoqdan qolgan hayvonnikiga o‘xshagan bosh suyakda turmaganmikinmiz, degan xayolga ham bordim. Unda bahaybat maxluqni toshbaqa yoki timsohlar singari sudraluvchilar turkumiga qo‘shishim kerak edi.

      Ammo bunday qarorga kelish ham qiyin. Negaki men ustida turganim qora yelka tanga bilan qoplangan bo‘lmay, juda silliq va pardozlangan edi. Urganda u temirdan chiqadiganday sado berar va po‘lat taxtalardan parchinlanganday edi.

      Hech shubha yo‘qki, siri butun fan olamini hayajonlantirgan va har ikkala yarim shar dengizchilarini hayratga solgan hayvon, bahaybat maxluq hech uchramagan afsonaviy tirik mavjudot bo‘lmay, tasodifni qarangki, kutilganidan ham hayratliroq narsa, inson iste’dodining mahsuli bo‘lib chiqdi.

      Bordi-yu, men aqlga sig‘maydigan bir hayvon borligini aniqlaganimda ham bu qadar hayratga tushmagan va hayajonlanmagan bo‘lur edim. Tabiat mo‘jizalar yaratishiga taajjublanmasa ham bo‘ladi. Ammo inson qo‘li bilan yaratilgan mo‘jizaga o‘xshagan va g‘ayritabiiy narsani ko‘rganda aqldan ozib qolish hech gap emas.

      Buning ustiga shubhaga hech o‘rin yo‘q edi. Bilishimcha, po‘lat baliq shaklidagi g‘alati suvosti kemasining ustida edik. Ned Lendning bu haqdagi fikri to‘g‘riligi qat’iy aniqlandi. Konsel bilan men uning fikriga qo‘shilishdan bo‘lak choramiz qolmagan edi.

      – Ammo bu kema bo‘lsa, – dedim men, – unda uning dvigateli va boshqa har xil mexanizmlari, shuningdek, bularni boshqaradigan odamlari ham bo‘lishi kerak-ku?

      – Albatta bo‘lishi kerak, – deb javob berdi garpunchi, – garchi men bu suzar orolda uch soat mobaynida turib hech qanday hayot belgisini sezmagan bo‘lsam ham.

      – O‘rnidan qo‘zg‘algani yo‘qmi?

      – Yo‘q, professor. U to‘lqinda chayqalib turdi, lekin o‘rnidan jilgani yo‘q.

      – Ammo biz uning juda katta tezlikda suza olishini yaxshi bilamiz-ku. Shunday tezlikda suza olish uchun esa uning ishini boshqaradigan mashina va odamlar kerak-ku, binobarin, men o‘zimizni qutqarilgan deb hisoblayman…

      – Hmm! – deya g‘o‘dirladi ishonchsizlik bilan Ned Lend.

      Shu payt mening so‘zlarimni tasdiqlaganday, g‘alati kemaning quyruq tomonidan shovullagan tovush eshitildi-yu, u o‘rnidan qo‘zg‘aldi. Aftidan, u yassi parraklarining aylanishi bilan harakatlanadiganga o‘xshaydi. Biz tumshuqdagi uncha katta bo‘lmagan do‘ngakni zo‘rg‘a ushlab ulgurdik. Baxtimizga kema sekin suzar edi.

      – Hozircha u suv sathida suzyapti, – deb to‘ng‘illadi Ned Lend, – bir narsa deyishga o‘rin yo‘q. Ammo suvostiga sho‘ng‘ishni o‘ylab qolsa bormi, unda meni birov ikki dollarga olsa ham qimmat derdim.

      Kanadalik o‘zini undan ham kamroq baholashi mumkin edi. Aftidan, bu suzar apparatning ichidagi odamlar bilan, kimligidan qat’i nazar, zudlik bilan aloqa bog‘lashimiz zarurga o‘xshardi.

      Men uning ustida biror tuynuk yoki teshik bormikin, deb qidira boshladim. Ammo po‘lat qoplamaning jipslangan chetlaridagi parchinlari hamma yerda bir xil edi.

      Oy botdi va biz mutlaqo qorong‘ida qoldik. Bu suvosti kemasiga kirish chorasini izlash uchun tong otguncha sabr qilish kerak edi.

      Shunday qilib, hammamizning hayotimiz kema rulini boshqarayotgan noma’lum kishilar harakatiga bog‘liq bo‘lib qoldi. Bordi-yu, ular suvostiga tushmoqchi bo‘lib qolishsa bormi, unda biz tamom. Agar shu hol ro‘y bermasa suvosti kemasining ekipaji bilan aloqa bog‘lay olishimizga imonim komil edi. Darhaqiqat, bordi-yu, ular kislorodni o‘zlari ishlab chiqarmayotgan bo‘lishsa, unda havo zaxirasini to‘latish uchun vaqti-vaqti bilan okean sathiga chiqib turishlari kerak. Modomiki shunday ekan, kema ichiga havo kirishi uchun qandaydir biror teshik bo‘lishi kerak.

      Kema o‘rtacha tezlik bilan g‘arb tomonga suzardi. Uning tezligi soatiga o‘n ikki milyadan oshmas edi. Vint parraklari suvda aylanib, har zamonda oppoq tomchilarni favvora qilib havoga otardi.

      Tongotarda soat to‘rtga yaqin kema tezligini oshirdi. Bizning kema ustida turishimiz qiyinlashib qoldi. Baxtimizga Ned paypaslab, qoplamaga mahkamlangan kattagina halqani topib oldi. Hammamiz shuni ushlab oldik.

      Nihoyat bu uzundan uzoq tun o‘tdi. Men chekkan azoblarimning hammasini hozir eslay olmayman, ammo bir narsa xotiramda mustahkam o‘rnashib qolgan: ahyon-ahyonda shamol shovqini va to‘lqinning shovullagani tingan paytlarda nazarimda allaqanday muzika ovozi, uzuq-yuluq akkordlar, kuy sadolari qulog‘imga chalinganday tuyulardi.

      Bu suvosti kemasining qanday siri bor ekan?

      Unda qanday mavjudotlar yasharkin? Qanaqa dvigatel uning bu qadar tezlik bilan suzishini ta’minlayotgan ekan?..

      Tong yorishdi… Bizni ertalabki tuman qurshab oldi. Ammo u ko‘p o‘tmay tarqalib ketdi.

      Suvosti kemasining suvdan chiqib turgan qismini endigina sinchiklab ko‘zdan kechirmoqchi bo‘lib turganimda u to‘satdan sekin suvga cho‘ka boshladi.

      – Ho‘, iblislar! – qichqirdi Ned Lend jarangdor temirni kuchining boricha oyoqlari bilan do‘pirlatib. – Bizni ichkariga kiritsanglar-chi!..

      Ammo uning tovushi vintning quloqni kar qiladigan ovoziga qo‘shilib, yo‘q bo‘lib ketdi. Baxtimizga kema cho‘kishdan to‘xtadi.

      Birdan kema ichidan surib qo‘yilayotgan tambaning ovozi eshitildi. Lyuk qopqog‘i ochilib, undan birov qaradi. U bir nima deb qichqirdi-yu, o‘sha zahoti g‘oyib bo‘ldi. Bir necha minutdan so‘ng lyukdan sakkizta baquvvat azamat kishi chiqdi. Ular indamay bizni sirli kema ichiga sudrab kirishdi.

      Sakkizinchi bob

      «HARAKATCHAN HARAKATCHANLIKDA»

      Bu ish shu qadar tez bajarildiki, men ham, o‘rtoqlarim ham hatto og‘iz ochishgayam ulgurolmay qoldik. Suzar qamoqxonaga sudrab kirayotganlarida ularning holini bilmayman-u, ammo men bir seskanib ketdim.

      Biz kimga duch keldik? Shubhasiz, eng yangi tuzumning allaqanday qaroqchilariga duch kelganga o‘xshaymiz.

      Lyukning ensizgina qopqog‘i ketimizdan yopilishi bilan biz zim-ziyo qorong‘ilikda qoldik. Kunning yorqin nuriga ko‘nikib qolgan ko‘zlarim atrofdagi biror narsani ham ajratolmas edi.

      Ned Lend bilan Konsel ham qorovullar qurshovida orqamdan kelishardi.

      Trap poygagidagi eshik biz kirishimiz bilan taraqlab yopildi.

      Biz yolg‘iz qoldik. Qayerdamiz? Bunisini bilolmadim, hatto tasavvur ham etolmadim.

      Atrof qorong‘i, shu qadar qorong‘iki, hatto zulmatda uzoq turganimizdan keyin ham jindak bo‘lsada, yiltillagan yorug‘likni ilg‘ab ololmadim.

      Shu orada bunday qo‘pol muomaladan jahli chiqqan Ned Lend g‘azabini yashirolmadi.

      – Ming la’nat! – qichqirdi u. – Bu odamlar kaledonning eng ashaddiy yovvoyilaridan ham battar ekan! Odamxo‘rliklari qoldi, xolos! Shunday bo‘lganda ham sira ajablanmas edim… Ammo oldindan aytib qo‘yay, o‘z ixtiyorim bilan meni yeyishlariga yo‘l qo‘yib bo‘pman!

      – Tinchlaning, Ned, tinchlaning, – dedi sovuqqonlik bilan Konsel. – Hali hech gap bo‘lmay, qizishishning nima keragi bor. Hozirchalik tovaga tushganimizcha yo‘q-ku.

      – To‘g‘ri aytyapsiz, hozircha tovaga tushganimizcha yo‘q, – javob berdi kanadalik, – ammo o‘choqda yotganimiz aniq! Qorong‘ini qarang. Baxtimga pichog‘im yonimda, uni ishlatish uchun esa ortiqcha yorug‘likning ham hojati yo‘q. Bu kallakesarlardan qay biri birinchi bo‘lib menga tegsa…

      – Ned, shovqin solmang, – dedim men garpunchiga, – ahvolimizni ham og‘irlashtirmang… Kim biladi,


Скачать книгу