Капитан Грант болалари. Жюль Верн

Читать онлайн книгу.

Капитан Грант болалари - Жюль Верн


Скачать книгу
imkoniyatlar ham, bizning oldimizda turgan olijanob maqsadlar ham bo‘lmagan! Bazilio Vilarmo degan bir kimsa 1782-yilda Karmendan to Kordilergacha bo‘lgan joylarni bosib o‘tmaganmidi? Konsepsion viloyatida yashovchi chililik sudya don Luiz de-la Kruts 1806-yilda Antukodan yo‘lga chiqib va Kordiler tog‘idan oshib o‘tib, o‘ttiz yettinchi paralleldan og‘ishmay, qirq kun deganda Buenos-Ayresga yetib olmagan edimi? Nihoyat, polkovnik Garsia Alesid d‘Orbini va mening muhtaram kasbdoshim doktor Martin de-Mussi – ular, ham hozir biz insonparvarlik burchimiz deb otlanganday, fanni boyitish niyatida otlanib, bu o‘lkani boshdan-oyoq kezib chiqmaganlarmi!

      ‒ Janob Paganel! Janob Paganel! – dedi hayajondan titragan tovush bilan Meri Grant. – Bizni deb bunday xavf-xatarlar qarshisiga otlanayotganingiz uchun sizga qanday tashakkur bildirishni ham bilmay qoldim!

      ‒ Xavf-xatar? – deb so‘radi Paganel. – «Xavf xatar» degan so‘zni kim aytdi o‘zi?

      ‒ Men emas! – dedi Robert.

      Bolaning ko‘zlari porlab turar, uning boqishlarida qat’iyat aks etardi.

      ‒ Xavf-xatar-a! – deb so‘zida davom etdi Paganel. – Umuman xavf-xatar degan narsa bo‘ladimi o‘zi? Buning ustiga, gap nima to‘g‘risida boryapti? Nihoyati bir ming to‘rt yuz kilometrga cho‘ziladigan sayohat to‘g‘risida boryapti, – axir biz qit’ani to‘ppa-to‘g‘ri kesib o‘tamiz-ku, gap Shimoliy yarim shardagi Ispaniya, Sitsiliya, Gretsiya kengliklariga to‘g‘ri keladigan kenglikda bo‘ladigan sayohat to‘g‘risida, demak, o‘sha mamlakatlar ob-havosiga to‘g‘ri keladigan sharoitda o‘tadigan sayohat to‘g‘risida boryapti; nihoyat, gap ko‘p deganda bir oyga cho‘ziladigan sayohat to‘g‘risida boryapti. Bu sayohat emas, sayr-ku!

      ‒ Janob Paganel, – deb unga murojaat qildi Elen, – demak, siz halokatga uchraganlar hindular qo‘liga tushgan bo‘lsa, hindular ularni sog‘ qo‘ygan deb o‘ylaysiz-a?

      ‒ Albatta, xonim. Bu yerlik hindular odamxo‘r emas-ku. Mening bir vatandoshim, Geografiya jamiyatidagi tanishlarimdan biri Ginor degan kishi pampaslardagi hindular qo‘lida uch yil asirlikda yashagan. To‘g‘ri, u juda ko‘p qiyinchiliklarni boshdan kechirgan, unga juda yomon muomala qilishgan, lekin oxiri u bu qiyinchiliklarni yengib chiqqan. Bu o‘lkalarda yevropalik odamni foydali kishi deb hisoblaydilar. Hindular yevropaliklarning qadriga yetadi va ularni eng qimmatli hayvondek ehtiyot qiladilar.

      ‒ Unday bo‘lsa, ikkilanishga o‘rin yo‘q, – dedi Glenarvan. – Hech bir kechiktirmay tezda yo‘lga chiqish kerak. Biz qaysi yo‘ldan boramiz?

      ‒ Oson va ko‘ngilli yo‘ldan, – deb javob berdi Paganel. – Yo‘limiz oldin tog‘dan o‘tadi, lekin bu uzoqqa cho‘zilmaydi, keyin Kordilerning qiya yonbag‘ridan pastga tushib boramiz, naryog‘i tekis maysazor va qumloq joylar: bog‘ sayri deysiz.

      ‒ Karta ko‘rib olaylik, – deb taklif qildi mayor.

      ‒ Mana karta, aziz Mak-Nabbs, o‘ttiz yettinchi parallel Chili sohilidagi Rumen buruni bilan Korneyro ko‘rfazi o‘rtasida Amerika qit’asiga kirib keladigan punktni topamiz-da, o‘sha yerdan yo‘lga chiqamiz. Araukaniyaning markazi yonidan o‘tib, Antuko tog‘ yo‘li orqali Kordilerdan oshamiz, vulqon bir chetda, janub tomonda qoladi. Keyin biz tog‘ning qiya yonbag‘ridan pastga tushamiz, Kolorado daryosini kechib o‘tamiz va pampaslar orqali Salinas ko‘liga, Guamini daryosiga, Serra-Tapalkvemga yetib boramiz. Bu yerdan Buenos-Ayres viloyatining chegarasi o‘tadi. Chegaradan o‘tib, Serra-Tandil tog‘lariga chiqamiz va qidirish ishlarimizning Atlantik okeani sohilidagi Medano burunigacha davom ettiraveramiz.

      Bo‘lajak ekspeditsiya bosib o‘tishi kerak bo‘lgan marshrutni chizib berar ekan, Paganel oldida ochiq yotgan xaritaga qayrilib ham qaramadi: u bunga zarurat sezmasdi. Uning Freze, Molin, Gumboldt, Mor, d’Orbini asarlariga tayangan o‘tkir xotirasi aldanishi ham, yanglishib qolishi ham mumkin emas edi. Bu geografik nomenklaturani tugatgach, Paganel qo‘shimcha qildi:

      ‒ Shunday qilib, do‘stlarim, yo‘limiz to‘ppa-to‘g‘ri yo‘l. Bu yo‘lni biz bir oy ichida bosib o‘tamiz, agar g‘arbdan esgan shamol «Dunkan»ni yo‘lda ushlab qolsa, biz sharqiy sohilga hatto undan oldinroq yetib boramiz.

      ‒ Demak, «Dunkan» Korrientes buruni bilan muqaddas Antoniy buruni o‘rtasida u yoqdan-bu yoqqa suzib yurib turishi kerak ekan-da!

      ‒ Xuddi shunday.

      ‒ Ekspeditsiyamiz qatnashchilari qilib kimlarni belgilamoqchisiz? – deb so‘radi Glenarvan.

      ‒ Ekspeditsiya qatnashchilari ko‘p bo‘lmaydi. Axir biz faqat kapitan Grantning ahvolini bilib kelmoqchimiz, xolos. Biz hindular bilan darhol jangga kirishish maqsadida emasmiz-ku. Menimcha, Glenarvan bizning boshlig‘imiz bo‘lishi tabiiy; mayor, u, albatta, o‘z o‘rnini birovga berishni sira istamasa kerak; kaminangiz Jak Paganel…

      ‒ Men ham! – deb qichqirdi Robert.

      ‒ Robert! Robert! – deb uni to‘xtatmoqchi bo‘ldi opasi.

      ‒ Nima uchun yo‘q deysiz? – dedi Paganel. – Sayohat yoshlar uchun foydali narsa: chiniqadi, ko‘p narsalarni o‘rganadi. Shunday qilib, bizdan to‘rt kishi, yana «Dunkan»dan uchta matros olinsa bo‘ldi…

      ‒ Ana xolos, – dedi Jon Mangls Glenarvanga qarab, – demak, bu ekspeditsiyada men ishtirok qilmas ekanman-da?

      ‒ Azizim Jon, biz paroxodda yo‘lovchilarimizni, ya’ni biz uchun dunyodagi eng qimmatli ayollarni qoldirib ketyapmiz. Ularga «Dunkan»ning sodiq kapitanidan ham yaxshiroq kim g‘amxo‘rlik qila oladi!

      ‒ Bundan chiqdi, biz birga borolmas ekanmiz-da? – dedi Elen g‘amginlik bilan boqib.

      ‒ Sevimli Elen, – deb javob berdi Glenarvan, – bizning sayohatimiz juda tez sur’at bilan o‘tkaziladi. Biz uzoq vaqtga ajralmaymiz, shuning uchun…

      ‒ Yaxshi, azizim, tushunaman, – dedi Elen. – Oq yo‘l, sizlarga chin yurakdan muvaffaqiyat tilayman!

      ‒ Buning ustiga, uni sayohat deb ham atab bo‘lmaydi, – dedi Paganel.

      ‒ Unda nima deb atash kerak uni?

      ‒ Shunchaki bir sayr. Biz sof vijdonli odamlarmiz, shuning uchun safarimiz vaqtida ko‘proq yaxshilik qilishga tirishamiz.

      Agar hamma bir fikrda bo‘lgan hozirgi muhokamada «muzokara» so‘zini ishlatish o‘rinli bo‘lsa, Paganelning ana shu gapi bilan muzokaralar tugadi. Shu kuniyoq ekspeditsiyaga tayyorgarlik boshlandi. Hindularning diqqatini tortmaslik uchun uni qattiq sir tutishga qaror qilindi.

      Safarga chiqish 14-oktabrga belgilandi. Ekspeditsiyaga matroslardan kim qatnashadi, degan masalada so‘z ochilganda, barcha matroslar bunga hozir ekanliklarini bildirdilar. Qiyin ahvolga tushib qolgan va bu ajoyib yigitlardan birontasini ham xafa qilishni istamagan Glenarvan chek tashlashga qaror berdi. Shunday qilishdi. Orzu qilingan chek kapitan yordamchisi Tom Ostin, baquvvat Vilson va boksda hatto Tom Sayersning50 o‘ziga ham bo‘sh kelmaydigan Myulredilarga tushdi.

      Bu tayyorgarlik ishlarida Glenarvan katta g‘ayrat ko‘rsatdi. U har qanday qilib bo‘lsa ham belgilangan kuni yo‘lga chiqishga tayyor bo‘lishiga ahd qildi va maqsadiga erishdi. Jon Mangls ham Glenarvandan kam g‘ayrat qilmadi. U darhol ochiq dengizga chiqish uchun ko‘mir g‘amlab olishga shoshildi. Jon Argentina sohillariga ulardan oldin yetib borishni istardi. Shu jihatdan Glenarvan bilan yosh kapitan o‘rtasida haqiqiy musobaqa vujudga keldi va bu, albatta, ishga foyda keltirdi.

      14-oktabrda tayin qilingan soatga hamma tayyor edi. Jo‘nab ketishdan oldin yo‘lovchilar kayut-kompaniyaga to‘plandilar. «Dunkan» langarini ko‘tara boshladi, yassi vint parraklari Talkaguano qo‘ltig‘ining tiniq suvlarini loyqatdi. Karabinlar va Kolt revolverlari bilan qurollanib olgan Glenarvan, Paganel, Mak-Nabbs, Robert Grant, Tom Ostin, Vilson va Myulredi kemadan tushib ketishga tayyorlanardilar. Yo‘l boshlovchilar bilan yuk ortilgan xachirlar ularni qirg‘oqda kutib turar edi.

      ‒ Vaqt bo‘ldi, – dedi nihoyat Glenarvan.

      ‒ Xo‘p, oq yo‘l, azizim, – dedi Elen


Скачать книгу

<p>50</p>

Tom Sayers – londonlik mashhur boksyor (Muallif izohi).