Капитан Грант болалари. Жюль Верн

Читать онлайн книгу.

Капитан Грант болалари - Жюль Верн


Скачать книгу
hech qanday savdo-sotiq, faoliyat, ish-harakat yo‘q. Har bir uyning balkonidan mandolina ovozi kelar, panjarali derazalardan nozli ashula tovushi eshitilar edi. Bir vaqtlar erkaklar shahari bo‘lgan Konsepsion endi xotinlar va bolalar qishlog‘iga aylangan.

      Paganel shaharning bunday ahvolga tushish sabablari to‘g‘risida gap ochgan bo‘lsa-da, Glenarvan bunga uncha qiziqmadi. U bir minut ham vaqtni qo‘ldan bermay, Britaniya konsuli mister J. R. Bentok huzuriga yo‘l oldi. Bu e’tiborli janob ularni juda yaxshi qashi oldi va kapitan Grant voqeasini eshitib, butun qirg‘oqni daraklab ko‘rishga kirishdi.

      Konsul Bentok «Britaniya» nomli uch machtali kema o‘ttiz yettinchi parallel yaqinida, Chili yoki Araukan sohillarida falokatga uchragan-uchramaganini bilmas edi. Na unga, na uning do‘stlari – boshqa mamlakatlarning konsullariga bunday ma’lumot kelmagan edi. Ammo bu Glenarvanning ruhini tushirmadi. U Talkaguanoga qaytib keldi-da, g‘ayratini ham, pulini ham ayamay butun sohilni razvedka qilishga odamlar yubordi. Afsus; sohilda yashovchi aholidan har qancha surishtirilmasin, natija bermadi. Bundan, falokatga uchragandan keyin «Britaniya»dan hech qanday nom-nishon qolmagan ekan, degan xulosa chiqar edi.

      Glenarvan qidirish ishlarining natija bermaganini do‘stlariga kelib aytdi. Meri Grant bilan ukasi o‘z qayg‘ularini yashirolmadilar. «Dunkan»ning Talkaguanoga kelganiga olti kun bo‘lgan edi. Hamma yo‘lovchilar kemaning yut qismiga to‘plandilar. Elen kapitan Grantning bolalariga, albatta shirin so‘z bilan (boshqa nima ham qila olar edi!) tasalli berishga harakat qilardi. Jak Paganel yana hujjatlar ustiga muk tushdi: u hujjatlardan biror yangi sirni tortib olmoqchi bo‘lgandek, ularga nihoyatda zo‘r diqqat bilan tikilib o‘tirar edi. Geografiya olimi hujjatlar ustida bir soatcha bosh qotirib o‘tirgandan keyin to‘satdan Glenarvan unga murojaat qilib:

      ‒ Paganel! Men sizning kamol idrokingizga ishonaman. Hujjatni o‘qishda biz biror xato qilmadikmikan? Biz qo‘shgan so‘zlarda mantiq bormi?

      Paganel hech narsa deb javob bermadi – u fikr yuritmoqda edi.

      ‒ Ehtimol, biz kema halokatga uchragan joyni noto‘g‘ri belgilagandirmiz? – deb so‘radi yana Glenarvan. – Har qanday esi past odam ham buning «Patagoniya» ekanini darhol fahmlab olmaydimi?

      Paganel yana indamadi.

      ‒ Nihoyat, «hindu» so‘zi bizning to‘g‘ri xulosa chiqarganimizni ko‘rsatmaydimi? – deb qo‘shib qo‘ydi yana Glenarvan.

      ‒ Shubhasiz, – dedi Mak-Nabbs.

      ‒ Shunday ekan, halokatga uchraganlar bu xatni yozayotganda hindlar qo‘liga asir tushish xavfi ostida bo‘lgani o‘zo‘zidan ravshan emasmi?

      ‒ Mana shu yerda so‘zingizni bo‘laman, azizim Glenarvan, – dedi nihoyat Paganel. – Dastlabki chiqargan xulosalaringiz to‘g‘ri bo‘lsa ham, mana shu keyingisi, menimcha, to‘g‘ri emasdek ko‘rinadi.

      ‒ Bu bilan nima demoqchisiz? – so‘radi Elen.

      Hamma geografga tikilib qoldi.

      ‒ Men kapitan Grant hozir hindular qo‘lida asirlikda demoqchiman, – javob berdi Paganel har bir so‘zini alohida ta’kidlab, – yana shuni ham qo‘shib qo‘ymoqchimanki, hujjat bu jihatdan sira shubha qoldirmaydi.

      ‒ Ochiqroq tushuntirib bering, janob Paganel, – deb iltimos qildi miss Grant.

      ‒ Bundan ham oson ish bormi, azizim Meri: «asir tushadilar» degan ifodani «asir tushdilar» deb o‘qilsa, gap ravshan bo‘ladi-qo‘yadi.

      ‒ Bu mumkin emas! – dedi Glenarvan.

      ‒ Mumkin emas deysizmi? Nima uchun mumkin bo‘lmasin, aziz do‘stim? – deb so‘radi jilmayib Paganel.

      ‒ Chunki shisha kema qoyaga kelib urilgan paytdagina dengizga tashlangan bo‘lishi kerak. Bundan esa hujjatda ko‘rsatilgan kenglik va uzunliklar halokat yuz bergan joyni ko‘rsatadi, degan xulosa kelib chiqadi.

      ‒ Bunga hech qanday dalil yo‘q, – darhol e’tiroz bildirdi Paganel. – Hindlar halokatga uchraganlarni qit’aning ichkarisiga olib ketgan, deb faraz qilaylik. Xo‘sh, nima uchun u bechoralar xuddi o‘sha shisha yordami bilan o‘zlarining qayerda asirlikda ekanliklarini xabar qila olmadilar ekan?

      ‒ Bunday qilolmasliklarining sababi juda oddiy, aziz Paganel: shishani dengizga tashlash uchun juda bo‘lmaganda dengizga yaqin yerda bo‘lish kerak.

      ‒ To‘g‘ri, lekin dengizdan uzoqda bo‘lsangiz, dengizga kelib quyiladigan daryo sohilida bo‘lishingiz ham kifoya.

      Kutilmagan, lekin bo‘lishi tamomila mumkin bo‘lgan bu javobni eshitib, hamma hayron bo‘lib jim qoldi. Hamrohlarining chaqnab ketgan ko‘zlariga qarab, Paganel ularning yuragi yana umid bilan ura boshlaganini tushundi.

      Jimlikni birinchi bo‘lib Elen buzdi.

      ‒ Qanday yaxshi fikr-a! – dedi u.

      ‒ Yaxshi bo‘lganda qandoq! – dedi soddadillik bilan Paganel.

      ‒ Endi, sizning fikringizcha, qanday tadbir ko‘rishimiz kerak? – deb so‘radi Glenarvan.

      ‒ Mening fikrim bunday: Amerika qit’asining o‘ttiz yettinchi parallel o‘tadigan joyini topish kerak, keyin yarim gradus ham chetga chiqmay, shu parallel Atlantik okeaniga chiqib ketadigan joygacha qit’ani kesib o‘tish kerak. Shu marshrut bilan yurib, «Britaniya» kemasida halokatga uchraganlarni topsak ham ajab emas.

      ‒ Ishonch kam, – dedi mayor.

      ‒ Ishonch qanchalik bo‘lmasin, biz buni nazarga olmay qololmaymiz, – deb e’tiroz bildirdi Paganel. – Agar mening bu taxminim to‘g‘ri chiqib, shisha haqiqatan ham shu qit’adagi okeanga kelib quyiladigan daryolardan biriga tashlangan bo‘lsa, biz asr tushganlarning iziga uchramay o‘tib ketishimiz mumkin emas. Qaranglar, do‘stlarim, bu mamlakatning xaritasiga qaranglar: men fikrimning to‘g‘riligini to‘la isbotlab bera olaman.

      Shunday deb, Paganel stol ustiga Argentina viloyatlari bilan Chili kartasini yozib qo‘ydi.

      ‒ Qarab turinglar, – deb takrorladi u, – Amerika qit’asida qilinadigan bu sayohatda mening orqamdan boraveringlar: ingichkagina Chili yerini kesib o‘tamiz. And tog‘laridan48 oshamiz. Pampaslarga49 tushib boramiz. Bu yerlarda soylar, daryolar, tog‘ jilg‘alari kammi? Yo‘q, juda ko‘p. Mana bu Rio-Negro, mana bu Kolorado, mana bular ularning irmoqlari; ularning hammasi o‘ttiz yettinchi paralleldan oqib o‘tadi, hammasi ham hujjat solingan shishani dengizga oqizib ketgan bo‘lishi mumkin. Ehtimol, o‘sha yerlarda, hindularning biron o‘troq qabilasi orasida, kam o‘rganilgan daryolardan birining sohilida biror sherdarasida biz o‘zimizning do‘stlarimiz deb atashga haqli bo‘lgan kishilar asirlikda yordamga mushtoq bo‘lib o‘tirgandirlar. Biz ularning umidini puchga chiqara olamizmi? Men hozir barmog‘im bilan ko‘rsatayotgan chiziqdan hech qayoqqa og‘ishmay, qit’ani bosib o‘tishimiz kerak degan fikrga hammangiz qo‘shilasizmi? Bordi-yu, taxminim o‘rinsiz chiqib, men bu safar ham xato qilayotgan bo‘lay, o‘ttiz yettinchi paralleldan yo‘limizni davom ettirib borish va agar zarur bo‘lib qolsa, falokatga uchraganlarni topish uchun shu parallel bo‘ylab dunyoni aylanib chiqish bizning vazifamiz emasmi?

      Paganelning bu qizg‘in va samimiy so‘zlari tinglovchilarning hammasiga ham chuqur ta’sir qildi. Hammalari turib, uning qo‘lini qisa boshladilar.

      ‒ To‘g‘ri! Otam mana shu yerda! – deb qichqirdi Robert ko‘zlari bilan yeb yuborgudek darajada kartaga tikilib.

      ‒ Otangni topmay qo‘ymaymiz, o‘g‘lim, – dedi Glenarvan. – Haqiqatan ham, do‘stimiz Paganel hujjatni juda asosli tushuntirib berdi, biz hech ikkilanmay u ko‘rsatgan yo‘ldan borishimiz kerak. Kapitan Grant yo biror katta qabilaga, yoki aksincha, biror kichkina, kuchsiz qabilaga asir tushgan. Agar kichkina, kuchsiz qabilaga asir tushgan bo‘lsa, uni o‘zimiz qutqazib olamiz. Bordi-yu, u katta qabilaga asir tushgan bo‘lsa, kapitanning qayerdaligini, hol-ahvolini bilib olamiz keyin sharqiy sohilga qaytib, «Dunkan»ga o‘tiramiz-da, Buenos-Ayresga yo‘l olamiz. Mayor Mak-Nabbs u yerda shunday bir otryad


Скачать книгу

<p>48</p>

And tog‘lari (ink xalqlari tilida anta – mis konli tog‘lar) – dunyodagi eng uzun (qariyb 9000 km) va eng baland (6960 m) tog‘ tarmoqlaridan biri. Eni 800 km gacha. And togʻlari Janubiy Amerikani butun uzunligi bo‘ylab g‘arb tomonidan o‘rab turadi. U ko‘plab parallel, asosan meridional tizmalardan iborat bo‘lib, ular Kordiler deb ataladi. Shu bois And tog‘lari Kordiler tog‘lari deb ham yuritiladi (Muharrir).

<p>49</p>

Pampas (kechua indeyslari tilida pampa – oʻtloq) – Janubiy Amerikadagi, asosan, oʻt oʻsimliklari oʻsadigan baʼzi bir tekisliklarning nomi. Aslida Argentina hududining 29 – 39° janubiy kengliklar orasi va gʻarbda Sʼyerras-de-Kordova togʻlarigacha boʻlgan joylar Pampas deyiladi (Muharrir).